Koronavirus pandemiyasi bilan keçgan 2020 yil natijalariga köra, dunyoning 2200 milliarderidan köproği umumiy hisobda yana 1,9 trln dollarga boyidi, deb xabar berdi Forbes naşri.

“Bu yil pandemiya sababli özini yakkalaş, siyosiy silsilalar va ayniqsa, sayyoraning eng boy odamlari uçun aql bovar qilmas boyiş yili böldi”, deyilgan xabarda.

Ayni vaqtda barça milliarderlarning umumiy boyligi 11,4 trln dollarni taşkil qilmoqda. Forbes hisob-kitobiga köra, bu qiymat ularning 2019 yil 31 dekabrdagi umumiy boyligiga nisbatan 20 foizga köproqni taşkil qiladi.

Milliarderlar boyligining köpayişiga fond birjasida narxlar ösişi asosiy sabab bölgan.

Ta'kidlanişiça, xitoylik 400 milliarderning umumiy boyligi eng köp miqdorga ösgan. Yil davomida ularning boyligi 750 mlrd dollarga köpayib, 2 trln dollarga yetgan. 

600dan köproq amerikalik milliarderning boyligi esa 4 trln dollarni taşkil qilmoqda. Ular boyligi 2020 yil boşiga nisbatan 560 mlrd dollarga köpaygan. Bunga fond bozorlaridagi ösiş sabab bölgan. Mart oyida koronavirus sababli tuşib ketgan S&P 500 indeksi yil böyiça 13 foizga, NASDAQ esa 38 foizga ösgan. 

Bu borada 3-örinni fransuz milliarderlari egallamoqda: ular yil davomida 95 mlrd dollarga boyişgan. Hozirda ularning umumiy kapitali 500 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.   

Milliarderlar orasida Ilon Mask eng köp darajada boyigan. Uning boyligi bir yil içida 110 mlrd dollarga köpayib, 137 mlrd dollarga yetgan. Amerikalik tadbirkor hozirda milliarderlar röyxatida 3-örinni egallamoqda. Maskning bunday boyişiga Tesla kompaniyasi aksiyalarining 630 foizga qimmatlaşişi sabab bölgan.  

Dunyoning eng boy odami Jyeff Bezos esa 2020 yilda öz kapitalini 67,5 mlrd dollarga köpaytira olgan. Amazon asosçisining boyligi hozirda 182 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.