Amerika razvedkasi Vladimir Putin yaqin bir neça yil içida alyans mamlakatlaridan biriga çeklangan hujum uyuştirib, «NATOning qat’iyatini sinab körişi» mumkin, deb hisoblaydi. Bunday taxminlar yangi razvedka hisobotlarida mavjud, deb yozadi The Wall Street Journal.
AQŞdagilar şu paytgaça Ukrainadagi harbiy harakatlar davom etayotgan bir paytda Putin NATO bilan mojaroda keskinlik keltirib çiqarmaydi, deb hisoblardi. Biroq, endi baholar özgargan: tahlilçilar fikriça, Rossiya-Ukraina uruşida közga körinadigan muvaffaqiyatlar yöqligi fonida Rossiya prezidentiga qandaydir sezilarli ğalaba kerak. WSJ naşri yozişiça, «burçakka siqib qöyilgan Putin yanada xavfliroq bölib qolişi mumkin» degan xavotirlar mavjud.
Razvedka tomonidan körib çiqilayotgan ehtimoliy tahdidlar kölami darajasiga köra özgarib turadi – kiberhujumlar yoki biror bir hududni bosib oliş uçun diversantlar yuborişdan tortib, NATOning şarqiy qanotidagi mamlakatlardan biriga çeklangan tarzda bostirib kirişgaça. Oxirgi ssenariyning ehtimoli past deb baholanmoqda, biroq vaqt ötişi bilan ehtimol ortib boradi.
Amerika rasmiylari fikriça, ehtimoliy hujumdan maqsad alyansni parçalaş bölişi mumkin. Keng kölamli bosqin NATO Nizomining Kollektiv mudofaa töğrisidagi beşinçi moddasini işga tuşirişga sabab böladi – ammo gibrid hujumlar yoki kiberhujumlar amalga oşirilgan holatlar uçun alyansda aniq belgilangan harakat rejasi yöq. Masalan, Putin AQŞ bunday holatda ittifoqçilarga faqat çeklangan yordam körsatişi mumkinligiga umid qilişi mumkin.
Amerika razvedkasiga köra, Rossiya tomondan tajovuzkor harakatlar 2026-yil kuzidan 2029-yilga qadar bölgan oraliqda kuzatilişi mumkin.
NATOdagilar WSJ’ga bergan rasmiy izohida «muntazam ravişda turli ssenariylar öylanişi» va ularga tayyorgarlik körilişini aytişgan. Alyans vakili Martin ÖDonnell taşkilot «zarurat tuğilganda tiyib turiş va mudofaalanişga tayyorligi»ni namoyiş etişda davom etayotganini ta’kidlagan.
Litva mudofaa vaziri Robertas Kaunas şu kunlarda Rossiya Boltiqböyi mamlakatlaridagi muhim infratuzilmaga zarba beriş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgandi. Uning sözlariga köra, buning uçun Moskva Ukrainaning qölga olingan dronlaridan foydalanişi mumkin. Kaunas Ğarb ittifoqçilari orasida Ukrainaga bölgan işonçni yöqotiş va uni qöllab-quvvatlaşni kamaytiriş ehtimoliy hujumlarning maqsadi bölişini aytgan. Şu bilan birga, u hozirça «töğridan töğri tahdid» yöqligini qayd etgan.














