Tailandning Pattayya şahrida çikungunya virusi çaqiradigan kasallikka çaliniş holatlari keskin köpaydi. Bu haqda The Thaiger yozmoqda.

Naşrning xabar berişiça, infeksiya taşuvçi çivinlar orqali tarqalgan. Virus yuqtirganlarda tana haroratining kötarilişi, holsizlik va böğimlarda oğriq kuzatilmoqda.

Mahalliy mer Sontxaya Kxunplyuyem soğliqni saqlaş sohasi xodimlariga vaziyatni nazoratga olişni buyurgan. Bundan taşqari, hokimiyat çivinlarga qarşi kuraşuvçi taşkilotlarga yordam sörab murojaat qilgan hamda turğun suv havzalarini – mehmonxona va korxonalardagi fontanlar sonini kamaytirişni söragan. 

«Mahalliy aholi çikungunya bezgagi töğrisida hamda undan qanday saqlaniş borasida xabardor qilindi. Ularga çivinlar köpayişi uçun qulay şaroit mavjud bölgan suv manbalariga yaqinlaşmaslik tavsiya qilindi», — deyiladi xabarda.