Pandemiya şaroitlari taqozosiga köra odamlar dökonlarga bormay, onlayn xaridlar qilişlari oqibatida kundalik mahsulotlarning yetkazmasiga keskin oşib ketgan talab natijasida FedEx Corp. 2020 yil II çoragida sof foydasini ikki hissa köpaytirişga muvaffaq böldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Yetkazmalar giganti payşanba kuni ikkinçi fiskal çorakda 1,23 milliard dollar sof foyda olgani, ötgan yilning şu davrida esa, bu körsatkiç 560 million dollarni taşkil etganini ma'lum qildi. Umumiy aylanma mablağ esa, 19 foizga ortdi.
FedEx kelajakdagi daromadni başorat qilişdan tiyilgan esa-da, kompaniya boş moliya menejyeri Maykl Lens kelasi olti oyda yetkaziş xizmatlariga talab yuqori bölib qolişi tufayli daromad yanada ortişi kutilayotganini aytgan.
Natijalar Wall Street kutilmalaridan yuqori bölib, FedEx aksiyalari joriy yilda ikki barobar qimmatlaganiga qaramay, yuqoridagi bayonot berilganidan keyin bir neça soatlar ötib, aksiyalar qiymati 3 foizga tuşdi.
Çorak 30 noyabrda tugagan. Bu esa bayonotda berilgan raqamlar Şukronalik kunidan boşlanib Rojdestvogaça davom etadigan eng talabgir davrning boşlanişini qamrab olgan degani.
Pandemiya boşlanib, aholi onlayn savdolarga öta boşlagaç, FedEx va uning aşaddiy raqobatçisi United Parcel Service (UPS) şundoq ham bir neça oylardan beri bayramoldi rejimida işlab kelişyapti.
Endilikda kurerlik gigantlari bayram yetkazmalari va koronavirus vaksinasi taşuvlarini ham amalga oşirib, xizmat körsatiş tarmoğini kengaytirişyapti.
Şukronalik bayramidan keyingi birinçi kuni Cyber Monday’da UPS ayrim çakana savdo tarmoqlarining buyurtmalarini yetkazib berişda ulgurmay qoldi. ShipMatrix tahliliy kompaniyasiga köra, FedEx, UPS va AQŞ poçta xizmati ta'til mavsumida juda yaxşi işlaşdi.
FedEx Ground prezidenti Henri Mayyerning aytişiça, yangi xizmat turlari oçilişida keçikişlar röy bergani va minglab yangi xodimlarni treningdan ötkazişga ança vaqt sarflanganiga qaramay uning bölinmasi poçta yetkazmalarining 30 foizini bir kun ertaroq, jönatmalarni esa, ötgan yilga nisbatan ança kamroq - 2,4 kunda yetkazib bergan.
Tizimga bosimni kamaytiriş uçun FedEx mijozlarini Rojdestvo sovğalariga harakatni Şukronalik haftasidan avvalroq boşlaşga undadi. «Biz xaridorlik fe'l-atvorini özgarişiga umid qilayotgandik, bizning nazdimizda adolatli emas», degan kompaniyaning boş marketologi Bri Karer.













