Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi «Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 6-son Qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tanlov ötkazib kelinmoqda.

17 dekabr kuni mazkur tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Ğoliblarni taqdirlaş marosimi poytaxtimizdagi «Zarafşon» konsert zalida taşkillaştirildi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vaziri örinbosari Avazjon Karimov sözga çiqdi.

– Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning bevosita rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi ötkazilayotgan tadbirimiz ham mana şu sa'y-harakatlar davomi desak, mubolağa bölmaydi.

Fursatdan foydalanib, «Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişini taşkil etiş çora-tadbirlarini amalga oşirganligi uçun» tanlovida ğolib deb topilgan barça korxona-taşkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarini samimiy muborakbod etaman.

Uşbu tanlovda taşkilotlarning barça bölinmalari miqyosida taşkil etilgan soğlomlaştiriş, jismoniy tarbiya va sport maşğulotlarini muntazam ravişda ötkazganligi uçun hamda aholining keng qatlami orasida ommaviy sportni rivojlantiriş, ommaviy sport tadbirlarini taşkil etganligi uçun nominatsiyalarida ğoliblar aniqlandi.

Unga köra, 2020 yili ötkazilgan tanlovda korxona-taşkilotlar örtasida «Özbekiston temir yöllari» aksionerlik jamiyati öz xodimlari orasida soğlomlaştiriş, jismoniy tarbiya va sport maşğulotlarini muntazam ravişda taşkil etganligi uçun ğoliblikka munosib körilgan bölsa, «Aholining keng qatlamlari örtasida ommaviy sportni rivojlantiriş, ommaviy sport tadbirlarini taşkil etganligi uçun» nominatsiyasida bu safar Toşkent şahar Mirobod tumani hokimligi eng köp ovoz bilan ğoliblikni qölga kiritdi.

Tanlov ğoliblariga «Jismoniy tarbiya va sport a'loçisi» kökrak nişoni hamda Özbekiston Respublikasida örnatilgan bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari topşirildi.