«Onlayn maktab» loyihasi muvaffaqiyatli joriy etilganini inobatga olib, loyihani davom ettirişga qaror qilingan. Lekin u yangiça formatda davom etadi.
Bu haqda xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Pandemiya davrida uşbu loyiha öquvçilarga köproq ta'lim olib, fanlarni özlaştirişga yordam bergan bölsa, yangi formatdagi onlayn darslar bolalarni kelajakda muvaffaqiyatga erişişlari, kelajak könikmalariga ega bölişlariga kömaklaşadi.
Şuningdek, öquvçilar qöşimça fanlarni örganib, öz bilimlarini çarxlab borişlari uçun yangi dasturlar joriy qilamiz», – dedi vazir örinbosari «Bir million özbek dasturçilari» loyihasining yillik hisobotida.
Ma'lum qilinişiça, televizion darslar örniga yoşlarda dasturlaş, frilans yönalişi böyiça yangi könikmalarni şakllantiradigan masterklaslar, «Bir million özbek dasturçilari» loyihasida muvaffaqiyatga erişgan yoşlar haqida motivatsion videoroliklar berib boriladi.
















