Guljahon Yöldoşeva sudda davlat budjetidan ajratilgan pul mablağlari nimalarga sarflangani, mukofot pullari şifokorlarga nima uçun va qança miqdorda berilganiga tuşuntiriş berdi.

Karantin davrida şifoxonaga tegişli bölgan kompyuter, printer va planşetni Yöldoşeva uyiga olib borib işlatgani holati ham ayblov epizodlaridan joy olgan bölib, Yöldoşeva bu holatni uşbu buyumlarni faqatgina karantin davridagina uyiga olib borgani va şifoxona işlari bilan boğliq holatlarda undan foydalangani, keyinçalik kompyuter, printer va planşetlarni şifoxonaga qaytarib olib kelgani, ularga heç qanday zarar yetmagani bilan izohladi.

Sud majlisida sudlanuvçilar Alişer Dadamatov va Jannat Hakimovalarning ham körsatmalari tinglandi.

Sud majlisi tafsilotlari bilan batafsil Kun.uz'ning YouTube'dagi kanaliga joylangan videoreportajlar orqali tanişib borişingiz mumkin.

Sud işi 21 dekabr kuni soat 11:00ga qadar tanaffus e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, avvalgi sud majlisida Guljahon Yöldoşeva koronavirusga çalingan bemor (marhum) Rustamovning boşqa şifoxonaga köçirilişiga doir vaziyat böyiça körsatma berib, ayblovlarni rad etgan edi.