Avvalgi sud majlisida söroq qilingan şifokorlar koronavirusdan vafot etgan bemor (marhum) Farrux Rustamovning boşqa şifoxonaga köçirilişida Yöldoşevaning töğridan töğri aralaşuvi bölmaganini aytişgan edi.

Bu galgi sud majlisida Guljahon Yöldoşevaning koronavirusga çalingan bemor (marhum) Rustamovning boşqa şifoxonaga köçirilişiga doir vaziyat, şuningdek, budjet mablağlarini talon-toroj qilinişiga doir ayblovlar yuzasidan körsatmalari tinglandi.

Yöldoşeva öz körsatmalarini unga qöyilgan eng katta ayblov, ya'ni odam ölişi bilan boğliq jinoyat sodir etganlikda ayblangani uçun ayblovning 19-epizodidan boşladi. U buning sababini aynan şu ayblov hayotini özgartirib yuborgani va bir oydan oşiqroq vaqt davomida qamoqda yotişiga sabab bölgani bilan izohladi.

Yöldoşeva marhum Farrux Rustamovning Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasidan viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga ötkazilişida umuman iştirok etmaganini, bemor boşqa kasalxonaga ötkazilayotgan vaqtda şifoxonada bölmaganini ta'kidladi.

Şuningdek, pandemiya vaqtida şifoxonada yetarliça şaroit bölmagani, oğir bemorlarga qaraşda şifokorlar yetişmaganini, har bir bemor bilan alohida işlaş imkoni bölmaganini ham qöşimça qildi.

Yöldoşeva, şuningdek, unga nisbatan qöyilgan davlat budjeti mablağlarini talon-toroj qiliş bilan boğliq holatlar yuzasidan ham körsatma berdi.

Yöldoşeva öz körsatmasidan keyin davlat ayblovçilari va advokatlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Majlis tafsilotlari bilan batafsil Kun.uz'ning YouTube'dagi kanaliga joylangan videoreportaj orqali tanişişingiz mumkin.

Sud 17 dekabr kuni soat 11:00ga qadar tanaffus e'lon qildi.