“Şaharlarimizni Paşinyan armiyasi yöq qilmagan – u bunday körsatma bermagan. Bularning barçasi MDH böyiça “hamkasblarimiz” - Koçaryan va Sargsyan tuzumi tomonidan amalga oşirilgan. 20 yil yiğilişlarimizda iştirok etgan, uzoq vaqt men bilan muzokaralar olib borgan odamlar tomonidan. Biz ularning qöli Ozarboyjon xalqining qoniga botganini bilardik, biroq u yerga (Toğli Qoraboğ) kirganimizda ular sodir etgan qilğiliklarning dahşati, fojiaviyligini kördik”, deb aytgan Aliyev.
Uning aytişiça, Ozarboyjon qöşinlari tomonidan 2020 yilda keçgan ikkinçi Toğli Qoraboğ uruşida yöq qilingan arman armiyasi ham Koçaryan va Sargsyan tomonidan yaratilgan.
“Yöq qilingan armiya – Paşinyan armiyasi emas, bu Koçaryan va Sargsyan 20 yil davomida yaratgan armiyadir. Şu sababli hozir siyosiy vaziyatdan foydalanib, Paşinyanga hujum qilmoqçi bölganlar bu uning armiyasi emasligini bilişlari kerak. Bu armiyani Koçaryan va Sargsyan yaratgan va biz uni tor-mor etdik”, deb qöşimça qilgan Aliyev.
Robert Koçaryan Armanistonga 1998 yildan 2008 yilgaça rahbarlik qilgan. U Armanistonning ikkinçi prezidenti va Toğli Qoraboğning birinçi prezidenti hisoblanadi. Serj Sargsyan esa 2008 yildan 2018 yilgaça Armaniston prezidenti lavozimini egallagan.














