Mehnat ta'tili yoxud pandemiya tufayli Özbekistonga qaytgan, biroq özi işlayotgan korxona uni qayta-qayta işga çaqirayotganiga qaramay, u yerga bora olmayotgan vatandoşlardan Kun.uz'ga köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Kun.uz muxbiri Özbekiston va Rossiya örtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanmayotganining sabablari, özbekistonlik mehnat muhojirlari nima uçun Rossiyaga kiritilmayotgani, bu borada hukumatlararo muzokaralar qaysi bosqiçda ekani yuzasidan rasmiylarga murojaat qildi.
«Rossiya çegaralarini qaçon oçişi noma'lum»
Navröz Aşurmatov, Transport vazirining matbuot kotibi:

— Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi hududiga kirişi mumkin bölgan şaxslar toifasi bor. Jumladan, elçilar, Özbekistonning diplomatik konsulxonalari vakillari va ularning oila a'zolari, davolaniş uçun kelayotgan şaxslar, xorijda yaqin yoki kasal qarindoşi bor insonlar, diplomatik vakolatxonalar sörovi bilan tranzit ötayotgan yölovçilargina ketişmoqda. Ular ham PZR test topşirişi va «Rospotrebnadzor» sayti orqali röyxatdan ötişi talab etiladi. Mana şunday protseduralari bor.
Bundan taşqari, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan taşkiliy tarzda Rossiyaga işlaşga yuborilayotgan fuqarolarimiz mamlakat hududiga kiritilmoqda. Biroq avvalgiday özi individual tarzda işlaş uçun uşbu davlatga bormoqçi bölayotganlarga hozirça ruxsat yöq.
Rossiya qaçon çegaralarini oçişi noma'lum. Bu yilning hisobidan, menimça, ruxsat bermasa kerak. Çunki Yevropada koronavirus bilan kasallanişning yangi tölqini kuzatilmoqda. Rossiya Federatsiya Maxsus komissiyasi ham çegaralar oçilmayotganini aynan pandemiya bilan izohlamoqda.
Bu borada aytişim mumkin bölgan bitta yangilik şuki, ötgan hafta bölib ötgan muzokaralardan söng Rossiyadan mehnat muhojirlarini Özbekistonga olib qaytiş uçun Moskvadan poyezd qöyilişiga ruxsat berildi. Ammo bu faqat qaytuvçilar uçun, Rossiyaga boruvçilar uçun emas.
Özbekistonliklar ayni paytda yakka tartibda na samolyot, na poyezd va na avtobus va avtomobilda Rossiya hududiga kira olmaydilar.
Bizga ham tezroq ruxsat berilsa, reyslar oçib yuborilsa, qaniydi. Aviatsiya, temir yöl, avtobus reyslaridan foydalanadigan yölovçilarning asosiy qismi Rossiyaga qatnardi, u yerdan qaytardi. Çeklovlar tufayli uşbu yönalişlarda harakatlaniş bugun töxtab qolgan.









