Bobur Karimov 7 dekabr kuni AOKA binosida ötkazilgan matbuot anjumanida mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçi «UzAuto Motors» bilan davom etayotgan nizoli holatga munosabat bildirgandi. U, şuningdek, «UzAuto Motors» tomonidan narxlarni asossiz oşirilişini töxtatişning bitta yöli bor, deya qayd etgan.
«Bu — boj tölovlarni kamaytiriş. Import qilinuvçi avtomobillarga qöyiladigan boj tölovini pasaytiriş kerak. Agar raqobat bölsa, ularni tekşirişga ham hojat qolmaydi. Raqobatning özi hammasini joy-joyiga qöyadi», — degan Karimov.
Şundan söng, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Karimovning sözlaridan iqtibos keltirib, quyidagi postni yozgan:
«Boşidan buyon takrorlanib kelayotgan fikr aynan şu. Yönaliş ham aynan şu: Özbekistonni Jahon savdo taşkilotiga a'zoligi orqali aynan şu raqobat muhitini şakllantiriş ustida işlanmoqda, tayyorgarlik körilmoqda. Şu fikrga keliş uçun şunça şovqin, şunça populizm... Kimlardir maşhurroq bölgandir, Özbekiston yutmadi», - deya yozgandi Qodirov
Alişer Qodirovning uşbu gaplariga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining birinçi örinbosari Bobur Karimov munosabat bildirib, mulohazalarini quyidagiça bayon etdi:
«Matbuot anjumanida mening avtomobillar importi uçun bojni isloh qiliş haqida aytgan gapimga ilova qilib, Alişer Qodirovning ijtimoiy tarmoqda bildirgan fikri meni taajjubga soldi. Butun boşli bir partiyaning rahbari, ozgina bölsa-da, gapiradigan mavzusini tuşunsa, barça uçun manfaatli bölardi.
Bilamizki, har bir tadbirkorning asosiy maqsadi foyda olişdir. Qança köp foyda olsa, şunça yaxşi. Bu maqsadga erişiş uçun halol tadbirkorlar turli rivojlaniş strategiyalarini öylab çiqadi, faoliyatiga innovatsiyalarni olib kiradi, mahsulot sifatini qat'iy nazorat qiladi va narx siyosatini töğri olib boradi. Bundan hamma yutadi: tadbirkor mahsulotini sotadi, iste'molçilar esa bozor narxida mahsulotini xarid qiladi. Bunday bozorda faqat sifatli va arzon mahsulotlarni işlab çiqaruvçi yutadi.
Lekin ayrim monopolistlar unday emas. Monopolist biladiki, nima bölsa ham xaridorlarning boşqa tanlovi yöq. Tovar qimmatmi, sifatsizmi, baribir xarid qilinsa, bas. Çunki talab bor, lekin taklif çegaralangan. Ammo bu holat har doim davom eta olmaydi. Özbekiston kelajakda köplab iqtisodiy integratsion taşkilotlarga a'zo bölişiga işonaman. Ana ularga qöşilganda, asosiy talablardan biri — tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantiriş va şu şart bilan bizning bozorimizga turli işlab çiqaruvçilarning mahsuloti kirib keladi», — dedi Bobur Karimov.












