Ozarboyjon hukumati Toğli Qoraboğning Boku nazorati ostiga ötgan hududlarini tiklaş uçun 2,2 milliard manat (1,3 milliard dollar) ajratişni rejalaştirmoqda.
Toğli Qoraboğni moliyalaştiriş parlamentga taqdim etilgan 2021 yilgi davlat budjeti loyihasiga kiritilgan. Qayd etilişiça, mablağ şahar va qişloqlarni tiklaş va zamonaviy infratuzilma barpo etişga sarflanadi.
27 sentyabr kuni tongda Toğli Qoraboğda Armaniston va Ozarboyjon örtasida harbiy töqnaşuvlar avj olgandi. Bu uruş ikki mamlakat örtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan özaro qarama-qarşilikning eng jiddiysi böldi.
9 noyabrda uç tomonlama (Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon örtasida) kelişuv imzolandi va uruş töxtadi. Kelişuvni Ozarboyjon ğolib bölganining isboti sifatida qabul qildi va 10 noyabr mamlakatda ğalaba kuni sifatida nişonlanadigan böldi. Armaniston uçun esa kelişuv mağlubiyat sifatida baholandi.














