Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda,  «Hududgaz» Andijon gaz ta'minot filiali, Asaka tuman bölinmasi mansabdor va moddiy javobgar şaxslari tumandagi tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardan demontaj qilingan 260 mln sömlik turli hajmdagi gaz quvurlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Keyingi paytlarda qonunbuziliş holatlariga xususiy korxona rahbarlari tomonidan ham köp uçramoqda. Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, «N.» xususiy korxonasi rahbarlari ohak işlab çiqariş sexida örnatilgan gaz hisoblagiç körsatkiçlarini özgartiriş maqsadida, gaz ta'minoti korxonasi manfaatlariga 437 mln söm miqdorida zarar yetkazganliklari ma'lum bölgan.

Şuningdek, Farğona tumani Elektr tarmoqlari hudud inspektori M.A.  «D.» xususiy korxonasiga qaraşli yoğoçni qayta işlaş sexiga örnatilgan elektr hisoblagiçning nosozligi sababli kelib çiqqan 42 mln söm qarzdorlikni ETK bazasidan çiqarib, yangi hisoblagiç örnatib beriş evaziga 3 mln sömni firibgarlik yöli bilan olganligi aniqlanib, qölga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.