Slovakiya birinçilardan bölib Britaniya bilan qatnovlarni töxtatgandi. Ispaniya esa Britaniyadan faqat ispanlar mamlakatga qaytib kelişi mumkinligi böyiça vaqtinça çora-tadbir e'lon qilgandi. Çiliga yaqin örtada Britaniyada bölib qaytgan muhojirlar kirişi taqiqlangan. Hongkong Britaniya bilan har qanday aviaqatnovlarni amalga oşirmay turadi. Britaniyadan Bolgariyaga kirgan 650 kişi 10 kunlik karantinga olingan. Köp ötmay Estoniya, Polşa va Şveytsariya ham qirollik bilan qatnovlarni töxtatdi.
Isroil nafaqat britaniyaliklar uçun, balki qirollikda tarqalgan virus yetib borgani aytilayotgan Daniya va JAR fuqarolari uçun ham mamlakatga kirişni çekladi. Salvador Britaniya va JAR fuqarolariga mamlakatga kirişni vaqtinça taqiqladi.
- 21 dekabr holatiga köra, Avstriya, Argentina, Belgiya, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Eron, Irlandiya, Kanada, Kolumbiya, Kuvayt, Latviya, Litva, Marokaş, Niderlandiya, Ruminiya, Turkiya, Xorvatiya, Finlandiya, Fransiya, Çili, Çexiya, Şveytsariya, Estoniya va Saudiya Arabistoni Britaniya bilan aviaqatnovlarni töxtatib bölgandi.
Mutatsiyaga uçragan yangi turdagi koronavirus Britaniyada keng tarqalib bölgan. Çunki yangi virus oldingisidan farq qilişi keç aniqlangan. Qirollik böylab çeklovlar e'lon qilingan, lekin odamlar orasidagi kontakt töliq uzilmagani tufayli yangi turdagi virus tarqalib ketgan. Hozirgaça virusning yangi ştammi allaqaçon Italiya, Daniya, JAR va Avstraliyada ham aniqlangan.
Yangi ştammning tarqalişi Yevropa Ittifoqi va Britaniya örtasidagi breksit masalasi böyiça muzokaralarni ham töxtatib qöydi. JSST Britaniyada tarqalayotgan yangi virusdan xavotirda ekanini ma'lum qilgaç, mamlakat koronavirusning mutatsiyaga uçragan yangi turi namunalarini taşkilotga taqdim etgan. Britaniya boş vaziri Boris Jonson London ma'lumotlar uzatişda, şuningdek, tahlillar natijalari va olib borilayotgan tadqiqotlar haqida xabardor qilişda davom etişini ma'lum qilgan.
«Biz uşbu virus turining xususiyatlari va har qanday oqibatlari töğrisidagi dolzarb ma'lumotlar haqida taşkilotga a'zo davlatlar va jamoatçilikni xabardor qilib boramiz», deyiladi JSST xabarida.
Yangi virus nega xavfli?
Yangi turdagi koronavirusning xavfliligi şundaki, u oddiy koronavirusdan tezroq tarqaladi. Şuningdek, u yangiça tarkibda bölgani uçun şu vaqtgaça samarali bölgan dorilar ta'sirida yöqolmasligi mumkin. Virusning yangi turi mutatsiyaga uçraş oqibatida paydo bölgan.
Sentyabrda aniqlangan yangi ştamm Londonda şu qadar tez tarqaldiki, bugun poytaxtda koronavirus yuqtirganlarning 65 foizida aynan mutatsiyaga uçragan koronavirus aniqlangan. Boris Jonson maslahatçilariga tayanib ma'lum qilişiça, yangi virus oldingisidan 70 foizga yuqumliroq bölişi mumkin.


















