Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bolalar uyida parvarishlanayotgan 3 nafar bola ota-onasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyaning Novosibirsk shahridagi “Bolalar uyi”da tarbiyalanayotgan 1, 2 va 3 yoshli bolalarning ota-onalari topilib, birgalikda O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Sibirda yordam» Facebook sahifasi xabar qilmoqda. Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi Agenligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zaro hamkorlikda shunday savobli ishni amalga oshirgan.

“Tashqi mehnat migratsiyasi Agenligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zaro hamkorlikda olib borilgan ishlari natijasida Novosibirsk shahar “Bolalar uyida”gi 1 yosh, 2 yosh va 3 yoshli chaqaloqlarning ota-onasi topilib, ular O‘zbekistonga qaytarildi.

Mazkur ishlarni amalga oshirishda amaliy yordam bergan mutasaddi tashkilot va idora rahbarlariga, diplomatlarga shuningdek, jonkuyar vatandoshlarimiz Farzona va Sardorbeklarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz”, — deyiladi sahifa xabarida.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026