Ar-Riyodning şu paytgaça şakllangan mintaqaviy qaraşlari qanday edi? Nega u bugun murakkab geostrategik holatda? Asosiy ittifoqçisi AQŞning Yaqin Şarqdagi mavqeyi zaiflaşişi Saudiya manfaatlari uçun nimani anglatadi? Husiyçilarning saudlar tankerlariga hujumi fonida, siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida şu kabi savollarga javob berdi.

AQŞ-Eron uruşi eskalatsiya tomon ketmoqda. AQŞda katta uruş strategiyasi va ğalaba loyihasi mavjud emas. Şuning uçun AQŞning Eronga zarbalaridan maqsad – rasmiy Tehronni jazolaş, qörqitiş, Vaşington şartlariga köndirişdan iborat.

Biroq Eron qörqiş niyatida emas. Aksinça, Tehron Vaşingtonga basma-bas javob beriş niyatida.

Şu fonda Eronning mintaqadagi eng yirik ittifoqçilaridan biri hisoblanmiş Yamandagi husiyçilar AQŞ-Eron uruşiga tölaqonli kirib kelmoqda. Kuni keça “Ansorulloh” harakati (husiyçilar) Bab-al-Mandib böğozida Saudiya Arabistoniga tegişli ikkita neft tankeriga hujum qilgan. Qurbonlar yöq, lekin tanker va unga ortilgan neft yöq qilingan. Bu – AQŞ-Eron uruşining kengayib borayotganini körsatadi.

Eron tomonidan Hörmuz buğozi, mana endi husiyçilar tomonidan Bab-al-Mandib böğozining bloklanişi – dunyo iqtisodiyoti va energetika sektoriga kuçli zarba bölmoqda. Keyingi kunlarda neft narxi keskin oşib, bir barrel uçun 100 dollar ostonasiga yetib qöydi.

Husiyçilar bu zarbalarni izohlarkan, “Saudiya tomoni biz joriy qilgan tartibga rioya qilmadi”, “Saudiya Arabistoni bizga nisbatan 12 yillik kuraş olib borgan edi, şuning öçini ham oldik” deya bayonotlar berdi.

Saudiya hozir bir neça yil oldingi kabi Yamanda harbiy operatsiya ötkazişdan tiyilişni afzal köradi. Çunki körib turibdi, uruşlar davlatlarni holsizlantiradi, qurol-yaroğ zaxiralarini yemiradi, bu esa Isroilga muqarrar qulaylik yaratadi. Boşqa tomondan, bir paytlar Eronga va husiyçilarga qarşi turgan Saudiya bugun tölaqonli yangi diplomatik ohang ham şakllantira olmayapti.

AQŞ-Eron uruşining markazida turuvçi eng asosiy masala – mintaqadagi qudrat va hokimiyat masalasidir. AQŞ mintaqada özining gegemonligini saqlab qolişni istaydi, Eron esa hozirgi fursatdan foydalanib, bu status-kvoni körib çiqiş niyatida. Şuning uçun ham bu uruşning oqibatlari mintaqa uçun tarixiy ahamiyatga ega. Jumladan, Saudiya Arabistoni uçun ham.

Saudiya Arabistoni mintaqadagi eng yirik davlatlardan biri, energetik super-qudrat, islom tsivilizatsiyasining geografik va tarixiy markaz davlati, arab dunyosining lideri. Bugun Saudiyani öz tomoniga oğdiriş yoki öz tarafida uşlab qoliş uçun jiddiy kuraşlar ketmoqda. Saudiya Arabistonining ambitsiyalari şundayki, u boşqalarga ergaşişni emas, lider bölib, boşqalarni ergaştirişni istaydi.