2020 yilning 17 dekabr kuni One Million Uzbek Coders bir yilligini nişonlaşga bağişlangan tadbirda Dubai Future Foundation (BAA) direktori örinbosari Abdulaziz Al-Jaziri Code.org saytidagi yangilaniş haqida sözladi. Unga köra, endi maktab öquvçilari ham öquv jarayonida qatnaşişi va kasbni egallaşi mumkin. Buning barçasi IT Park, Code.org va Dubai Future Foundation hamkorligi samarasidir.

Code.orğning xalqaro hamkorlik böyiça vitse-prezidenti Leonardo Ortiz Villakorta öz videomurojaatida platforma maktab öquvçilarining kreativlik, muammoni yeçiş va boşqa könikmalarini oşiriş maqsadida One Million Uzbek Coders loyihasida faol qatnaşişini ma'lum qildi.

Code.orğning asosiy yangilanişlaridan biri – bu platforma endi özbek tilida ham işlaydi. Bu ösib kelayotgan avlod IT dunyosini örganişda heç qanday til tösiqlariga duç kelmasligini anglatadi.

Code.org – bu maktablarda kompyuter fanini örganişni kengaytirişga qaratilgan notijorat taşkilot. Platformada 1 700 000dan ortiq öqituvçi va 53 000 000dan ortiq öquvçi röyxatdan ötkazilgan. Ötgan yil kurslarning 70 000dan ortiq bitiruvçisi iş olgan.