Rossiyalik instruktorlar Afrika davlatiga uning rahbariyati iltimosi bilan jönatilgan. Ular MAR milliy armiyasi harbiylarini öqitiş bilan şuğullanişadi.
Rossiya taşqi işlar vazirligida ta'kidlanişiça, MARga harbiy instruktorlarni yuboriş zarurati hukumatga qarşi qurolli guruhlar mamlakat böylab harakatlanib, vaziyatni beqarorlaştirayotgani sababli yuzaga kelgan. Ta'kidlanişiça, uşbu guruhlar taşqaridan boşqarilmoqda.
21 dekabrda MAR hukumati vakili Anj Maksim Kazagi Rossiya mamlakatga bir neça yuz harbiy va oğir qurol taşlaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, bu hukumat kuçlari va isyonçilar örtasida borayotgan janglar ortida amalga oşirilgan. Biroq Moskva uşbu axborotni na rad etgan va na tasdiqlagan. Rossiyaning MARdagi elçisi Vladimir Titorenko Afrika davlatida rossiyalik harbiylardan mudofaa vazirligining faqat 5 vakili borligini, yana 14 nafar rossiyalik harbiy BMTning MARdagi tinçlikparvar missiyasida xizmat qilişini ma'lum qilgan. Şu bilan birga, MARda Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyalaridan birining jangçilari iş boşlagani haqida axborot paydo bölgan. Ta'kidlanişiça, ular poytaxt Bangidan 130 km uzoqlikda ruandalik yollanma jangçilar va MAR qurolli kuçlari vakillari bilan birga kuzatilgan.
MARdagi isyonçilar harakatining faollaşuvi mamlakatda 27 dekabrda ötişi belgilangan prezident va parlament saylovlari bilan boğlangan. Ma'lum qilinişiça, isyonçilarning uçta guruhi amaldagi prezident Fosten-Arkanja Tuaderaga ikkinçi muddatga saylanişga xalaqit beriş maqsadida hukumatga qarşi bölgan “Özgarişlar uçun vatanparvarlar koalitsiyasi”ga birlaşgan.












