Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi axborot xizmati xabariga köra, iste'molçiga Ucell kompaniyasining 1 oktyabrdan boşlab abonent hisobidan 420 sömni olib qöyişi töğrisida SMS xabar kelgan.

“Ha, bu miqdor ahamiyatli emas, ammo iste'molçi aniqlik kiritişga qaror qildi – nega? Ta'kidlaş muhimki, Ucell abonenti, “Al-Chiroq” aksiyasi iştirokçisiga, bu tarmoqda atigi 84 sömga daqiqalarni, SMS töplamlarni yoki internet megabaytlarini taqdim etadi. Bu xizmat neça kundan buyon mavjud emasligiga qaramay, pul abonent hisobidan çiqarildi. Öz navbatida, iste'molçi pm.gov.uz saytida murojaat qoldirişga qaror qildi, uning tafsilotlari Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan örganildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilişiça, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi mazkur murojaatning barça tafsilotlarini aniqlaştiriş maqsadida “COSCOM” MÇJga xat yuborgan, natijada quyidagilar ma'lum bölgan:

1. “Al-chiroq” aksiyasining şartlariga köra, Ucell kompaniyasining röyxatdan ötgan abonentlarida kontent-provayderlar tomonidan maxsus işlab çiqarilgan “First IT-Group” MÇJ mobil dasturida kuniga 1 sömdan kunlik abonent tölovi evaziga bitta xizmatni oliş imkoniyati mavjud va 2020 yil 25 avgustdan boşlab aksiya uçun kunlik abonent tölovi kuniga 84 sömni taşkil etadi.

2. 2020 yil 30 sentyabrda iş jarayonida uskunalarda nosozlik kelib çiqqan bölib, 2020 yil 5 oktyabrda kontent-provayder tomonidan nosozlik bartaraf etilgan. Mazkur nosozlik tufayli kompaniya abonentlari 2020 yilning 30 sentyabridan 4 oktyabrigaça aksiya şartlarida közda tutilgan xizmatlardan foydalana olmagan.

Uşbu masalani örganiş davomida ma'lum bölişiça, murojaat qilgan şaxs hisobidan noqonuniy mablağ yeçilgan yagona iste'molçi emas. Aksiyada 2020 yil 30 sentyabrdan 4 oktyabrgaça bölgan davrda 337 975 nafar abonent qatnaşgan, ulardan jami 97 432 379,33 söm miqdorida abonent tölovi yeçib olingan.

“Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 21-moddasiga köra, sotuvçi iste'molçini haq evaziga qöşimça tovarlar sotib olişga yoki qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaşga, şuningdek körsatilmagan xizmatlar uçun haq olişga haqli emas.

Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan muammoni hal qiliş jarayonida tizimdagi (2020 yil 30 sentyabrdan 4 oktyabrgaça) uskunalar işlamay qolganligi sababli aksiya doirasida iştirok eta olmagan 337 975 nafar abonentning foydalanilmagan xizmat kunlari uçun mablağlari kompaniya tomonidan töliq qaytarib berildi va bu 97 432 379,33 sömni taşkil etadi.