Qobil Tursunov festivalda qatnaşgan yoşlarga hokimlik kursisida ötirişga imkon bergan: «Ularga hokimlikning barça mas'uliyati, oğir-yengilini töla his etişlari uçun hokim örnida «topşiriqlar» berişga ham ruxsat etildi. Har bir topşiriq ijrosidan kelib çiqib, uning maqsadi, işlaş mexanizmi va negizidagi muammo-yeçimlari yuzasidan xulosalar berildi», deyiladi Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Şu tariqa yoşlar hokim kursisiga ötirib, axborot xizmatining yozişiça, «bu lavozimning mas'uliyatini his qilgan»: «Yoş hokimlar» Kobil Beknazaroviçdan hayoti hamda iş faoliyati töğrisida özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi», deyilgan xabarda.

Ma'umot uçun, Qobil Tursunov 2016 yil 25 dekabrdan buyon Navoiy viloyati hokimi sifatida işlab kelmoqda. Qobil Tursunov bu lavozimda öşa vaqt Surxondaryo viloyatiga hokim bölib ötgan Erkinjon Turdimovning örnini egallagandi. Navoiy viloyati hokimi bölganiga qadar Qobil Tursunov Nurota tumani hokimi bölib işlagan.












