«Islom moliyasi» loyihasi moddiy farovonlikka intilayotgan insonlar unutib qöymasligi lozim bölgan hayotning olti asosiy jabhasini sanab ötdi. Kun.uz maqolani özbek tilida taqdim etadi.

Foto: Depositphotos

Bu naqadar jön va çegaralangan tuyulmasin, biroq odamlar köpinça moddiy afzalliklar va boylikka yagona maqsad sifatida qaraşadi. Holbuki, pul evaziga hayotda faqat bazaviy ehtiyojlarni qondiriş mumkin, xolos.

Moddiy farovonlik tomon intila turib, biz doim özimiz ziyon köradigan narsalarning barçasini qilamiz. Şuning uçun bugun 6 tarkibiy qismdan iborat tölaqonli farovon hayot «majmuasi» haqida gaplaşamiz.

1. Salomatlik va oilaviy totuvlik. Bu ikki omil işingiz muvaffaqiyatga (moliyaviy muvaffaqiyatga) erişişida fiziologik darajada ham, ruhiy-emotsional darajada ham ulkan rol öynaydi.

Toki oilaviy masalalarni bir yoqlik qilmas ekansiz, salomatligingizga tupurib qöyar ekansiz, biznesingiz/yumuşingiz ösişi mumkin emas. Şuning uçun toki ular sizni tark etmasidan avval oila va salomatlikni qadrlang...

2. Çuqur ixtisoslaştirilgan bilimlar va könikmalar. Ular har qanday joyda va har qanday sohada qadrlanadi.

Rivojlangan davlatlarda siz maxsus ekspertlik, tajriba va bilimga ega ekaningiz uçun istiqomat huquqini taqdim etişga tayyor bölgan köplab dasturlar bor. Köplab juda boy odamlar va yirik kompaniyalar öz işining ustalari uçun nollari köp raqamlardan iborat maoş tölaşga tayyorligini bilasizmi? Axir boylik şu emasmi?

3. Hamfikrlar va aloqalar. Agar sizda jips jamoa, sizniki bilan muştarak dunyoqaraş va qadriyatlarga ega, biznesning yoruğ va qoronği yölaklarida birga odimlaşga tayyor bölgan insonlar bölsa, demak omadingiz bor ekan, siz – real kapital egasisiz.

Töğri aloqalar va zarur kontaktlar ham haqiqiy boylik böla oladi. Insonlarni bir-biriga boğlaş, insonlarga savob va foydali işlarni qilişda yordam beriş, ularning bizneslarini ildamlatuvçi insonlar bilan taniştirişdan aslo çarçamang.