Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yaponiyaning «Yamanashi Gakuin» kompaniyasi bilan qo‘shma universitet tashkil etadi
2020 yil 23 dekabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov va Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Shuichi Tokuda boshchilik qildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish, xalqaro tashkilotlar va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, «Yaponiya+Markaziy Osiyo» muloqoti doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar iqtisodiy munosabatlarning avvalgi o‘sish ko‘rsatkichlarini qayta tiklash va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishga qiziqish bildirdi.
Sanoatni modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida hamkorlik qilish, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta'lim, sog‘liqni saqlash va fan sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga muhim e'tibor qaratildi.
Yaponiyaning «Yamanashi Gakuin» kompaniyasi bilan qo‘shma universitetni tashkil etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishning muhimligi qayd etildi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026