Kun.uz muxbiri xabar berişiça, tuman hokimi bundan bir hafta avval, 15 dekabr kuni bölib ötgan sessiyada soğliğidagi muammolar tufayli qatnaşa olmagani uçun sessiyani qaytadan ötkazayotganini aytgan.

«Ötgan safar ma'lum sabablarga köra aynan özimning fuqarolik huquqimdan foydalangan holatda 6 kunlik byulletenga çiqqanligim va öz navbatida iştirok eta olmaganligim sababli uzr sörayman. Şu sessiyani boşqatdan ötkaziş uçun, bugun yana yiğilganimiz uçun sizlardan yana bir bor keçirim sörayman», degan tuman hokimi.

Eslatib ötamiz, 15 dekabr kuni bölib ötgan xalq deputatlari Qarşi tuman kengaşining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi Maqsuda Mustafoyevaning tuman aholisiga murojaat qilişi reja qilingandi. Ammo sessiya işida tuman hokimi qatnaşmagan va uning örniga örinbosari Sardor Abdullayev aholiga murojaat qilgandi.

Qarşi tuman hokimining sessiyada qatnaşmagani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgaç, tuman hokimligi axborot xizmati Maqsuda Mustafoyeva betobligi tufayli sessiyada qatnaşa olmaganini ma'lum qilgandi.

  • Maqsuda Mustafoyeva 2020 yil 4 mart kuni Qarşi tumani hokimi etib tayinlangan edi. U internetda şu yilning yozida Sulton Tex Group işidagi iştiroki tufayli ham tanilgandi.