Alibaba aksiyalari Xitoy rasmiy idoralari kompaniyaga nisbatan antimonopol tergov boşlagani haqidagi xabarlar ortida 11 foizga arzonlaşib ketdi. Nyu-York fond birjasidagi 24 dekabrdagi savdolar vaqtida kompaniya aksiyalari narxi 227,1 dollargaça tuşib ketgan. Vaholanki, bir kun avval ular 256,128 dollar turgan.

Buning oqibatida kompaniya kapitallaşuvi 694,65 mlrd dollardan 614,5 mlrd dollargaça, ya'ni 80 mlrd dollarga qisqargan.

Alibaba Group’ga nisbatan tergov boşlanişi 24 dekabrda e'lon qilindi. Bunga internet-gigant mahsulotlarni sotiş uçun Alibaba platformalaridan foydalanuvçi kompaniyalarga bosim ötkazişi haqidagi xabarlar sabab bölgan. Jumladan, kompaniya öz hamkorlarini boşqa savdo maydonçalariga öz tovarlarini taklif qilişlariga imkon bermaydigan hamkorlik haqida eksklyuziv şartnomalarni imzolaşga majbur qiladi.     

Uşbu tergov ötgan oy kompaniyaning şu'ba kompaniyasi Ant’ning IPÖsi ötkazilişi tösatdan töxtatilganidan keyin ötkazilmoqda. IPO ötkazilişiga 2 kun qolganda bekor qilingan. Bunga kompaniyaning listing va axborotni oşkor qiliş talablariga töğri kelmasligi mumkinligi sabab qilib körsatilgan. 

E'tiborlisi, tarixda eng yirigi bölişi kutilgan uşbu IPÖni bekor qiliş qarori Alibaba rahbari Jyek Ma Xitoy va xalqaro moliyaviy idoralar işlaş qoidalarini tanqid qilgandan keyin qabul qilingan va aslida Maning uşbu tanqidi bilan boğlangan bölişi mumkin.