Carrefour supermarketlar tarmog‘i kirib borgan mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston ham qo‘shildi. Taniqli brend dunyo bo‘ylab 30dan ortiq mamlakatda supermarketlarga ega.
Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi yetakchi chakana savdo tarmoqlaridan birini boshqaruvchi Majid Al Futtaim O‘zbekistonda o‘zining birinchi Carrefour supermarketini ochdi.

Brendning O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelishi uning mamlakatda zamonaviy chakana savdoga bo‘lgan talabni hamda mijozlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatmoqda.
«O‘zbekistonda birinchi do‘konimizning ochilishi Majid Al Futtaim uchun muhim voqea hamda butun Yaqin Sharq va Osiyoda mintaqaviy o‘sishimiz yo‘lidagi yana bir muhim yutuqdir.
Ushbu yangi bozorni kengaytirish va investitsiya kiritish bilan biz o‘z sanoatimiz va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qiymat yaratish kabi asosiy maqsadimizga sodiq qolamiz» – deydi Majid Al Futtaim korxonasining Carrefour O‘zbekiston bosh direktori Gyu Tayeg Kim.

Carrefour – dunyodagi taniqli chakana savdo brendlardan biri sifatida, o‘zbek bozoriga xalqaro standartlar va chakana savdo bo‘yicha eng ilg‘or tajribalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va do‘kon ichidagi eng yaxshi gigiyena jarayonlari orqali yuqori darajadagi xarid tajribasini taqdim etadi.

Carrefour 16 000 dan ortiq yangi mahsulotlarning eng keng tanlovini taklif etadi.
Bular: oziq-ovqat mahsulotlari va mahalliy mahsulotlarning xilma-xilligi; nooziq-ovqat mahsulotlarining keng assortimenti, shu jumladan uy-ro‘zg‘or buyumlari, to‘qimachilik mahsulotlari; Carrefour'ning yuqori sifatli mahsulotlar o‘z liniyasi (o‘z savdo belgisi ostida) va ekologik (bio) mahsulotlarning keng assortimentlaridir.
Shu orqali, Carrefour har bir xaridorga alohida qiymat berishga intiladi.

Carrefour mijozlar tajribasiga ustuvor ahamiyat berar ekan, do‘kon ichida fud-kort, novvoyxona, sushi bar, pitseriya, kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan noyob do‘kon konsepsiyasini taklif etadi.





















