Özbekistonda joriy yilning ötgan 11 oyi davomida 18 mln 872 ming AQŞ dollari qiymatidagi 68 397 tonnadan ortiq şişa va şişa mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylaştirildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi ma'lum qildi.

Mazkur yilda 2019 yilning aynan şu davriga nisbatan 48 198 tonna köp şişa va şişa mahsulotlari eksport qilingan bölib, 239 foiz ösişga erişildi.

Eksport qilingan şişa va şişa mahsulotlari natijasida respublikaga valuta tuşumi ötgan yilning mos davriga nisbatan 11 million dollarga köpayib, 140 foiz ösişga erişildi.

Davlat bojxona qömitasi ma'lumotlariga köra, şişa va şişa mahsulotlarining 58 foizi Qozoğistonga, 15 foizi Tojikistonga va 13 foizi Turkmanistonga eksport qilingan.

Şuningdek, joriy yilda şişa va şişa mahsulotlarining eksporti qiymati Rossiyaga 12 barobarga, Armanistonga 9,8 barobarga, Gruziyaga 7,1 barobarga va Ozarboyjonga 2,3 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bor Irlandiya va AQŞga şişa va şişa mahsulotlari eksporti yölga qöyildi.