Vazirlar Mahkamasi "Toşkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bölgan ikkita gaz turbina qurilmasini quriş" investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.
 
Norma’ning yozişiça, Özbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) örtasida 2015 yil 25 oktyabrda "Toşkent kogeneratsiya issiqlik elektr stansiyasini quriş" investitsiya loyihasini moliyalaştirişda konsalting xizmatlari uçun yillik 0,01 foiz hamda gaz turbina qurilmasini quriş uçun olti oylik LIBOR minus 1,33 foiz stavkalarida 40 yilda söndiriş muddati, şundan 10 yil imtiyozli davr bilan umumiy qiymati 12 mlrd yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi imzolangan.
 
"Toşkent IEM" AJning tovarlar (xizmatlar) aylanmasida QQSdan ozod qiliş hisobidan bojxona hamda soliq imtiyozlari körinişida Özbekiston Respublikasining loyihadagi hissasi 12,72 mln AQŞ dollarini taşkil etadi.
 
Şuningdek, quyidagilar:

"Toşkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt bölgan ikkita gaz turbina qurilmasini quriş" investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari;

JICA qarzi böyiça asosiy qarzni söndiriş, foiz va yiğim tölovlarini tölaşning prognoz jadvali;

JICA qarzi böyiça asosiy qarzni söndiriş, foiz va yiğim tölovlarini tölaşning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Hujjat 16.12.2020 yildan kuçga kirdi.