Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, Espors Uzbekistan, Full Level Espors hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda 2020 yil 28-29-30 dekabr kunlari «Yangi yilga sport bilan!» şiori ostidagi yangi mega loyiha – ommaviy sport festivalini taqdim etadi.

Unda 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan şaxslar sportning mini-futbol, stritbol, basketbol, velosport, yuguriş, dars, arqon tortiş, badminton, armrestling, toş kötariş, stol tennisi hamda «Workout» (köça fitnesi) yönalişlari böyiça öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişlari mumkin.

Şuningdek, festival doirasida yilning eng yirik turnirlari – şaxmat böyiça onlayn Özbekiston çempionati hamda Kibersport böyiça Grand finallar taşkil etiladi.

Festival iştirokçilari taşkilotçilar tomonidan maxsus sovğalar bilan taqdirlanadi.

«Yangi yilga sport bilan!» şiori ostidagi ommaviy sport festivallari respublikamizning barça viloyatlarida ötkaziladi. Toşkentdagi Grand final esa «Milliy» stadionda taşkil etiladi.

«Yangi yilga sport bilan!» festivalida qatnaşiş uçun qaysi manzilda röyxatdan ötiş mumkin?

«Yangi yilga sport bilan!» şiori ostida ötkazilayotgan ommaviy sport festivalida qatnaşiş uçun quyidagi havola orqali röyxatdan ötişingiz mumkin.

Uşbu forms.gle/zF3yRm2F7uyswsbX9 manziliga kiring va röyxatdan öting. «Yangi yilga sport bilan!» şiori ostidagi ommaviy sport festivali iştirokçisiga aylaning.

Yilning yirik sport festivalida qatnaşing va yangi yilni sport bilan qarşi oling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati