Xalq ta'limi vazirligi epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi, bugungi kunga kelib deyarli barcha maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 5,6 mln nafar (90 foiz) o‘quvchilar an'anaviy shaklda ta'lim olayotganligini hamda ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglarning takliflarini inobatga olib, maktablarda ushbu fanlar III chorakdan yana davom etishini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘quv yilining birinchi yarim yilligidagi mavzular vazirlikning tavsiyalariga muvofiq, tig‘izlashtirilgan holda (mavzularni qo‘shgan holda) o‘tiladi.