Ma'lum qilinişiça, xizmat körsatişdagi xarajatlarni töliq qoplaş va «Namangan suv ta'minoti»ning rentabelli faoliyat yuritişini ta'minlaş maqsadida tariflar oşirilmoqda.
Yangi belgilangan içimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari tariflari aholi uçun quyidagiça:
- 1 kub metr içimlik suvi maxsus ustama (50 söm) bilan 2600 söm;
- 1 kub metr oqova suv xizmati maxsus ustama (50 söm) bilan 750 söm.
Öz navbatida, budjet taşkilotlari va ulgurji iste'molçilar uçun 1 kub metr suv QQS va maxsus ustama bilan birga 3862,25 söm, 1 kub metr oqova suv QQS va maxsus ustama bilan birga 1056,25 söm etib belgilangan.
- suv ölçaş asbobiga ega bölmagan aholi xonadonlariga yetkazib berilgan içimlik suvi uçun tölovlar örnatilgan içimlik suv tariflariga kötaruvçi 1,5 koeffitsiyent qöllaş yöli bilan amalga oşiriladi;
- suv ölçaş asboblari bilan jihozlanmagan va fuqarolar röyxatga olinmagan turar joylarda içimlik suvi uçun hisob-kitoblar örnatilgan me'yorlar asosida içimlik suv tariflariga kötaruvçi 1,5 koeffitsiyent qöllaş yöli bilan, bir va ikki xonali xonadonlarga bir kişi, uç xonali xonadonlarga ikki kişi, tört xonali xonadonlarga uç kişi, beş xonali xonadonlarga tört kişi hisobida amalga oşiriladi.
Izoh berilişiça, viloyat hokimining 2019 yil 4 martdagi 83-sonli qarori bilan 2019 yil uçun iste'mol qilingan har 1 kub metr içimlik suvi uçun barça iste'molçilardan Özbekiston Respublikasi VMning Uy-joy kommunal xöjaligining rivojlantiriş jamğarmasiga 50 söm miqdorida ustama tölovi joriy etilgan.
Körsatilgan içimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uçun 2021 yil 10 yanvargaça töliq hisob-kitob qiliş söralgan, 10 yanvardan boşlab körsatilgan xizmatlar uçun yangi tariflar asosida hisob-kitob qilinadi (hozirgi tarifga köra Namangan viloyatida içimlik suvi narxi 1 kub metr uçun 1200 söm atrofida).
Bundan avvalroq Toşkent şahrida içimlik suvi tariflarini keskin oşiriş taklif etilgandi. Loyihaga köra aholi, budjet va ulgurji iste'molçilar uçun (qöşimça qiymat soliğisiz) 310 sömdan 500 sömga (161,2 foiz), tijorat taşkilotlari uçun 730 sömdan 1500 sömga (205,4 foiz) ösişi, şuningdek, kanalizatsiya xizmatlari uçun tariflar aholi, budjet va ulgurji iste'molçilar uçun (qöşimça qiymat soliğisiz) 250 sömdan 350 sömga (140 foiz), tijorat taşkilotlari uçun 460 sömdan 820 sömga (178,2 foiz) ösişi körsatilgandi.











