Qayd etilişiça, ötgan yili 1995 yilgaça respublikaga köçib kelganlarga Özbekiston fuqaroligini töğridan töğri beriş tartibi belgilandi. Bu bilan 50 ming nafardan ortiq şaxslarga fuqarolik oliş imkoniyati yaratildi.
“Kelgusi yilda bu işlarni davom ettirib, 2005 yilgaça mamlakatimizga kelib, doimiy yaşayotgan, fuqaroligi bölmagan şaxslarga ham töğridan töğri Özbekiston fuqaroligini bersak, nima deysizlar?
Bu özgariş bilan yurtimizda yaşab kelayotgan yana 20 ming kişi Özbekiston fuqarosi böliş imkoniyatiga ega böladi.
Bundan buyon, yurtimizda 15 yil davomida muqim yaşagan, fuqaroligi bölmagan şaxslarga töğridan töğri Özbekiston fuqaroligini berişning doimiy tartibi joriy qilinadi”, — dedi prezident.
















