Norma’ning yozişiça, pulli xizmatlar avtomobil ötkaziş punktining normal faoliyatiga ta'sir etmagan holda, qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini ijaraga beriş orqali belgilangan tartibda faqat tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan körsatiladi.
Pulli xizmatlar körsatilişi uçun avtomobil ötkaziş punktining geografik joylaşuvi, körsatilişi mumkin bölgan pulli xizmatlar turi hamda ularni körsatiş uçun ajratilişi mumkin bölgan maydon, ötkaziş punktining ötkazuvçanlik qobiliyati inobatga olinadi.
Nizom Özbekiston Respublikasining davlat çegarasi orqali avtomobil ötkaziş punktlarida körsatiladigan pulli xizmatlar röyxati bilan töldirildi. Ular quyidagilardan iborat:
- Özbekiston hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari;
- ovqatlaniş hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni taşkil etiş böyiça faoliyat;
- boj olinmaydigan savdo dökonlarida tovarlarning çakana savdosi;
- yölovçilar uçun qöl aravaçalarini ijaraga beriş;
- yölovçilar va ularning yuklarini ötkaziş punkti içida taşiş xizmati;
- ötkaziş punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda ta'mirlaş işlari hamda ularni evakuatsiya qiliş;
- hajmi katta bölmagan qöl yuklarini saqlab beriş;
- transport vositalarida taşilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oşiriş (yuk ortiş, tuşiriş, qayta yuklaş);
- tarjimonlik xizmati;
- xizmat körsatiş (yölovçi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini töldirib beriş, turli kompyuter xizmatlari, faks, internet) xonalari;
- taksi çaqiriş xizmati.
Hujjat 18.12.2020 yildan kuçga kirdi.

















