“Boy tariximiz durdonasi bölgan 7 mingdan ziyod madaniy meros obektini asrab-avaylab, kelajak avlodlar uçun bezavol yetkazişimiz zarur. Afsuski, keyingi paytlarda bebaho madaniy merosimiz bölgan ayrim obidalarimizga zarar yetkaziş holatlari uçrayotgani bu borada e'tibor susayganidan dalolat beradi.

Bu iş nafaqat Madaniyat vazirligi, balki mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatçilikning ham diqqat markazida bölişi kerak.

Hukumat bir oy muddatda madaniy meros obektlarining hisobini yuritiş, saqlaş va himoyasini ta'minlaş böyiça alohida dastur qabul qilişi lozim”, – dedi prezident.