Parij klubi germaniyalik mutaxassis qöl ostida ikki yil davomida 95 öyinda ğalaba qozonib, 12ta durang va 20 öyinda mağlubiyatga uçradi. Tuxel boşqaruvida «PSJ» ikki karra Fransiya çempioni (2019, 2020), Fransiya kubogi sohibi (2020), Liga kubogi (2020) va öz tarixida ilk marta Çempionlar ligasi ötgan mavsumida finalga qadar yetib bordi.

Avvalroq, murabbiy bilan amaldagi şartnoma 2021 yilning yoziga qadar belgilangani va kelişuv muddatdan avval bekor qilingani tufayli nemis mutaxassisiga klub tomonidan 6 million yevro tovon puli tölanişi haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, Tuxel örniga «PSJ» boş murabbiyi sifatida argentinalik murabbiy Maurisio Poçettino tayinlanişi haqida xabarlar tarqalgandi.