Bugun poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Espors Uzbekistan, Full Level Espors hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda taşkil etilgan «Yangi yilga sport bilan!» şiori ostidagi ommaviy sport festivali boşlandi.

Festivalda 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan yurtdoşlarimiz sportning mini-futbol, stritbol, basketbol, velosport, yuguriş, dars, arqon tortiş, badminton, armrestling, toş kötariş, stol tennisi hamda «Workout» (köça fitnesi) yönalişlari, şuningdek, yilning eng yirik turnirlari – şaxmat böyiça onlayn Özbekiston çempionati hamda Kibersport böyiça Grand final musobaqalarida öz imkoniyatlarini sinab körişmoqda.




Festivalning oçiliş marosimi öziga xos şou tarzida taşkil etildi. San'at va sport yulduzlari esa öz çiqişlari bilan yiğilganlarni xuşnud etdi.


Darvoqe, «Yangi yilga sport bilan!» şiori ostidagi ommaviy sport festivalining ilk kunida iştirok etolmagan poytaxtimiz aholisi va mehmonlari 29 va 30 dekabr kunlari kelib, bemalol festivalda iştirok etişlari mumkin.

Şunday ekan, imkoniyatni qöldan çiqarmang va sovğalarni qölga kiriting!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati












