«Bu O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasi». Sodiq Safoyev Afg‘oniston O‘zbekistonga nega muhimligini ochiqladi
O‘zbekiston uchun eng yaqin bo‘lgan Fors ko‘rfazi va Hind okeanidagi dengiz portlariga Afg‘oniston orqali o‘tiladi. Afg‘on transport yo‘lagi barpo etiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston uchun transportga ketadigan xarajatlar 10 barobardan ko‘proq kamayadi, deb hisoblaydi Sodiq Safoyev.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubning 30 dekabrdagi sessiyasida O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan ko‘zlangan ikkita muhim nuqtaga to‘xtaldi. Safoyevga ko‘ra, bu xavfsizlik va iqtisodiy siyosat masalalaridir.
«Afg‘onistonni O‘zbekiston uchun muhimligi nimada? Birinchidan, albatta xavfsizlik masalasi. Afg‘onistondagi tinchlik, u yerdagi terroristik, ekstremistik guruhlarga qarshi kurash, bu O‘zbekistonga bevosita chegaradosh bo‘lgan davlatlar hududida biz uchun xavfsizlik barpo etish omilidir.
Ikkinchi o‘ta muhim masala esa Afg‘on transport yo‘lagini yaratish. Buni ko‘p marta gapirganmiz, bu O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasi.
Chunki biz uchun eng yaqin bo‘lgan fors ko‘rfazi va hind okeanidagi dengiz portlariga Afg‘oniston orqali o‘tiladi. Prezidentimiz yirik davlatlar bilan ham nihoyatda katta ish olib boryaptilar. Ularni boshini qovushtirish qiyin, albatta.
Basharti, bu yo‘lak barpo etiladigan bo‘lsa, biz uchun transportga ketadigan xarajatlar 10 barobardan ko‘proq kamayadi.
Ayni paytda bizning eksport–import operatsiyalarimizning 20 foizgacha xarajatlari aynan transportga sarflanadi. Afg‘oniston orqali yo‘lak, albatta bizning ichki bozorimizning ham arzonlashishiga olib keladi», –– deya rais o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan transport yo‘lagini barpo etish boshlangani xabar qilingandi. Unda «bu loyihaning ro‘yobga chiqarilishi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga beqiyos xizmat qiladi», degan edi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
20:31 / 17.01.2025
AQSh Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini taqiqdan chiqarmadi
13:45 / 17.01.2025
O‘zbekiston va Misr Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
16:30 / 11.01.2025
«Tolibon» G‘arbdan Afg‘onistondagi 20 yillik urush uchun tovon puli talab qildi
18:00 / 10.01.2025