Prezidentning ma'lum qilişiça, kelasi yilda Özbekistonning taşqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillaştiriladi hamda taşqi siyosatning ustuvor yönalişi bölgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şerikçilik va özaro işonç ruhidagi aloqalar mustahkamlanadi.
Bundan taşqari, prezident Afğonistondagi vaziyat barqarorlaşuvi va tinçlik örnatilişi yölida Özbekiston amaliy yordam berişda davom etişini ma'lum qildi.
«Biz qöşni Afğoniston zaminida tinçlik örnatilişiga qat'iy işonamiz va bu ezgu yölda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz.
Afğon muammosini hal etişga qaratilgan global sa'y-harakatlarga Toşkent Xalqaro konferensiyasi ham mustahkam poydevor yaratdi, desak, mubolağa bölmaydi.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan boğlaydigan Trans-afğon transport yölagini barpo etiş borasida dastlabki amaliy qadamlarni taşladik. Bu loyihaning röyobga çiqarilişi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy ösişni ta'minlaşga beqiyos xizmat qiladi», dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.















