Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti markaz rahbari Baxtiyor Mustafoyev prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi böyiça şarh yozdi.

29 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga navbatdagi murojaati bölib ötdi. Davlatimiz rahbarining murojaati özining dolzarbligi va strategik ahamiyati bilan bugun siyosiy ekspertlar orasida katta qiziqiş öyğotmoqda va qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz murojaatlarida Markaziy Osiyo Özbekiston Respublikasining taşqi siyosatining ustuvor yönalişi ekanligini  alohida ta'kidlab ötdilar. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari doimiy ravişda davlatimiz rahbarining diqqat markazida, buni biz prezidentimizning nufuzli mintaqaviy va xalqaro taşkilotlarning yuqori minbarlaridan turib mintaqa masalalari böyiça ilgari surgan taklif va taşabbuslarida ham körişimiz mumkin.

Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatlarida Markaziy Osiyoni taşqi siyosatimizning ustuvor yönalişi ekanligiga yana bir bor urğu berişlarining quyidagi muhim jihatlarini alohida ta'kidlab ötiş lozim.

Birinçidan, Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining uzviy va çambarças boğliq qismi hisoblanadi. Özbekiston Markaziy Osiyoning barça davlatlari bilan çegaradoş mintaqadagi yagona davlat, ya'ni mintaqadagi u yoki bu davlatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi özgarişlar bevosita Özbekistonga ta'sir qiladi. Qolaversa, transport, iqtisodiyot, energetika va suv sohasidagi yirik loyihalarni amalga oşiriş mintaqa davlatlarining hamkorlik darajasiga boğliq. Şu munosabat bilan Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişi va gullab-yaşnaşi Özbekiston Respublikasining boş maqsadi hisoblanadi.

Ikkinçidan, barçamizga ma'lum Markaziy Osiyo geostrategik mintaqa hisoblanadi. Bunga bir tomondan mintaqanining qulay geografik hududda, ya'ni muhim mintaqaviy va xalqaro transport yölaklari kesişmasida joylaşganligi, boy tabiiy resurslarga ega ekanligi sabab bölsa, ikkinçi tomondan Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlar tizimida muhim örin tutadigan Yaqin Şarq, MDH va Osiyo davlatlari bilan çegaradoşligidir. Boşqaça qilib aytganda, Markaziy Osiyo dunyoning yetakçi davlatlarning manfaatlari kesişgan hudud hisoblanadi.

Yuqoridagi omillar mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşga faqatgina özaro tuşuniş va manfaatlarga asoslangan hamkorlik orqali erişiş mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu esa öz navbatida Özbekistonning bugungi kundagi oçiqlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şerikçilik, özaro işonç va mavjud muammolarni oqilona murosa yöli bilan hal etiş tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va izçil rivojlanişni ta'minlaşda, mintaqaning hamkorlik makoniga aylanişida muhim garov sifatida xizmat qilişidan dalolat beradi.