Navbatdagi sud majlisida ham iş böyiça jalb etilgan guvoh va mutaxassislarning körsatmasi tinglandi.

Guvoh Valiya Jörayeva karantin davrida Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasida hamşira bölib işlagan. U sudda marhum F.Rustamovning ahvoli haqida gapirib, kasallik tarixida unga COVID-19 taşxisi qöyilmaganini, unga har gal kislorod ulanganda buni olib taşlaşini aytdi.

Viloyat yuqumli kasalliklari şifoxonasida qorovul bölib işlagan guvoh Turdibek Aydinbayev Yöldoşevaning har kuni işga kelganini, şifoxonaga tekşiruv kelganida ularga tösqinlik qilmaganini bildirdi.

G.Yöldoşevaga nisbatan e'lon qilingan iqtisodiy jinoyatlarga oid holatlar böyiça Toşkent viloyati davlat moliyaviy nazorati boşqarmasi mutaxassisi Muzaffar Rahimov körsatmalari tinglandi. U şifoxona faoliyatida bir neçta moliyaviy xatoliklar bölganini qayd etdi, boş şifokor izoh berdi.

Şuningdek, sudda Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokor örinbosari lavozimida işlagan Nilufar Çöliyeva hamda şu şifoxonaning hamşira-provizori bölib işlagan Nafisa Törayeva, viloyat ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasi xodimlari, hamşira va nazoratçilarining ham körsatmalari tinglandi.

Sud 2021 yilning 4 yanvarigaça tanaffus e'lon qildi.