«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi «Özbekiston: jamoatçilik – 2020» mavzusida kompleks sotsiologik tadqiqot ötkazdi. Unda yakunlanayotgan yilda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanişi haqida fuqarolarning fikri örganildi, özbekistonliklarning ijtimoiy kayfiyati hamda davlat va jamiyat hayotining asosiy sohalarida erişilgan natijalardan aholining qoniqiş darajasi aniqlandi, deb xabar bermoqda markaz axborot xizmati.
Ta'kidlanişiça, köpçilik tomonidan 2020 yil misli körilmagan murakkab yil sifatida qabul qilinmoqda.
«Fuqarolar «uning tezroq tugaşi» istagini his qilmoqdalar, lekin duç kelingan barça muammolar va qiyinçiliklarga qaramasdan, sörov iştirokçilarining fikriça, bu yil «kutilgan darajada yomon yil bölmadi», asosiy köpçilikning hayoti bir maromdagi izga tuşdi», — deyiladi markaz xabarida.
Koronavirus pandemiyasi bilan boğliq qiyinçiliklarga qaramasdan, 61,3 foiz fuqarolar mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni ijobiy baholagani qayd etilgan.
Söralganlardan uçdan bir qismining hisoblaşiça, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyatini «qoniqarli» deb baholaş mumkin.

















