Maktabgaça ta'lim vazirligi 49ta «Aqlvoy» avtobusi – mobil boğçalarning yangi partiyasini foydalanişga topşirdi.
Ular uzoq, boriş qiyin bölgan hududlarda istiqomat qiluvçi bolalarga maktabgaça ta'lim xizmatini körsatişga möljallangan. Bu haqda avtobuslar taqdimotida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, hozirda respublika böylab 3,5 mingdan ortiq mahallada davlat boğçalari yöq. Bu hududlarda bolalar zarur bilimsiz va maktabga tayyorgarliksiz qolişmoqda.
«Aqlvoy» avtobuslari esa bu muammoga yeçim böladi. Loyihaning pilot bosqiçida mobil boğçalarga talab yuqoriligi ma'lum böldi. Ota-onalar öz farzandlarini şu kabi boğçalarga yozdirib qöyişdi», – dedi Maktabgaça ta'lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxöjayeva.


«Aqlvoy» avtobuslari quyoş batareyasi, konditsioner, hojatxona, issiq-sovuq suv, tamaddilarni isitiş uçun joy kabi qulayliklarga ega.
Mobil boğçalarda hamşira yöqligi bois tarbiyaçilar zaruriy tibbiy bilim va könikmalar böyiça tayyorgarlikdan ötgan.
Mobil boğçalar bepul xizmat körsatadi.



Bildirilişiça, «Aqlvoy» avtobuslari yanvar oyidan öz işini boşlaydi, ularning töliq quvvatda işga tuşişi 2021 yil bahoriga rejalaştirilgan.
Şuningdek, 2021 yilda respublika böyiça jami 98ta tumanda mobil boğçalar faoliyatining yölga qöyilişi kutilmoqda.
















