Sinovlar bilan, koronavirus bilan, ofatlar bilan, kuraşlar, şodlik va ğamlar bilan ötgan 2020 yil ham oxirladi.

Faol jamoatçilikning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga befarq emasligi bilan, xolis va ezgu taşabbuslari bilan Yangi, Orzudagi Özbekiston uçun intilişi 2020 yilda ham davom etdi. Ayni paytda esa kelgusi yillar uçun tilagimiz şuki, goh ğalaba, goh yutqiziqlar bilan borayotgan bu kuraşlar izsiz ketmaydi, oxir-oqibatda yangi darajadagi evrilişlarga zamin böla oladi.

Kun.uz uşbu tarixiy jarayonlarni 2020 yilning sönggi soatlarida suratlar vositasida yana bir bor esga oladi.

Parlament saylovidan söng şakllantirilgan Özbekiston hukumati Oliy Majlis Qonunçilik palatasida
2020 yil 22 yanvar. Toşkent / Foto: Kun.uz
Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi çaqiriqdagi Oliy Majlisga murojaat yöllamoqda.
2020 yil 24 yanvar. Toşkent / Foto: Kun.uz
Dubayda ötgan Butunjahon ayollar forumi. Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Tereza Mey, AQŞ prezidentining katta maslahatçisi Ivanka Tramp va AQŞ Davlat depertamentining Butunjahon ayollar masalalari böyiça bölimi rahbari Kelli Karri bilan.
2020 yil 17 fevral / Foto: Mass-media fondi
Özbekiston koronavirus tarqala boşlagan Uhan şahridan öz fuqarolarini evakuatsiya qiliş böyiça birinçi reysni yakunlamoqda.
2020 yil 4 fevral. Toşkent / Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi
Oltinsoyda mahalliy fuqarolar va içki işlar organlari örtasida janjal yuz berdi. Aholining noqonuniy qurilmalarni buzişga qarşiligi mojaroga aylanib ketdi. Rezonansli voqea ortidan noqonuniy qurilgan uy-joylar masalasi kun tartibiga çiqdi.