Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, «Neftçi»ning yangi boş murabbiyi öz vaqtida futbolçilarni öyinni sotişga undaşda rasman ayblangan Ilhom Möminjonov böladi. Oldinroq Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Ilhom Möminjonov bilan kelişuvga erişgani haqida xabar berilgandi.
Murabbiy oldiga 2021 yilda mamlakatning ikkinçi divizioni bölgan Pro-ligada qatnaşuvçi «Neftçi»ni barqaror jamoaga aylantiriş vazifasi qöyilgan. Möminjonovning ÖFA tomonidan belgilangan diskvalifikatsiyasi muddati 1 yanvar kuni yakunlangan va bugun, 2 yanvar kuni murabbiy Farğona klubini rasman qabul qilib oladi. Bugun ötkazilajak taniştiruv marosimida Xayrulla Bozorov ham qatnaşişi kutilmoqda.
Möminjonov Superliganing bir qator futbolçilari bilan muzokara ötkazgan. «Neftçi» jamoasi aksariyat futbolçilar bilan xayrlaşadi va ularning örniga yangi öyinçilar çaqiriladi. Qayd etiş joiz, Xayrulla Bozorov Namangan viloyati hokimi sifatidagi faoliyati davomida ham 2017 yilda Ilhom Möminjonovni «Navbahor» klubi boş murabbiyi sifatida tayinlagan va namanganliklar öşa mavsumda 5-örinni egallagandi.
«Neftçi» Superligaga ötiş öyinida «Andijon»ga mağlub bölib (1:3), reglamentga binoan 2021 yilda ham Pro-ligada öynaydi.
Ilhom Möminjonov 2019 yil 1 aprel kuni ÖFA axloq qömitasi tomonidan 5 yilga futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan çetlatilgan va 50 million söm jarimaga tortilgandi. Möminjonov 2017 yil «Navbahor»dagi faoliyatida homiylar tomonidan berilgan mablağlarni özi bilganiça taqsimlayvergan», deyilgandi xususan ÖFA bayonotida.












