«Eng katta istagim – Özbekistonda xususiy mulk daxlsizligi ta’minlansin. Eng köp muammo şu yerda. Mana, prezident ham parlamentga murojaatida yerni bozor aktiviga aylantiriş masalasini körib çiqiş kerak dedi.

Niyatim, şu taklif tezroq amalga oşsin, yer sotilsin. Hokim qarori bilan yerni birovdan olib, birovga beraveriş barham topsin. Men 2 sotix bölsa ham yer oldimmi, şu yer meniki bölib qolsin, men uni bolalarimga, nevaralarimga ham meros qilib qoldira olay.

Sud-huquq tizimi ham islohga muhtoj. Sudlar aqalli yarim mustaqil bölsin. Bunday deyotganimning sababi, yil davomida bir neça sudlarda qatnaşdim. Sudning borişidan taxmin qila boşlaymizki, jabrdiydalar foydasiga qaror çiqadigandek. Buni hatto sudda qatnaşayotgan ikkinçi tomon – vazirlik yoki hokimlik vakillari ham e’tirof eta boşlaydi. Lekin alaloqibat tadbirkor zarariga – öşa vazirlik va hokimlik foydasiga qaror çiqadi.

Sudlarni onlayn kuzatiş imkoni paydo böladi, deyilgan edi. Lekin hanuz bu töla ta’minlanmagan. Juda qiziq sud jarayonlarini onlayn kuzatiş imkoni yöq. 2021 yilda şu tizim ham yölga qöyilsa edi, balki sudyalarimiz ularni xalq kuzatib turganini inobatga olişarmidi, deb öylayman», – deydi Tolib Rahmatov.