1976 yilda Ebola virusini birinçi bölib aniqlagan kongolik olim, mikrobiolog Jan-Jak Muyembe-Tamfum Kongo Demokratik Respublikasida yangi xavfli kasallik paydo bölişi mumkinligidan ogohlantirdi. Ta'kidlanişiça, mahalliy ayollardan birida tibbiyotga ma'lum bölmagan yangi kasallik belgilari aniqlangan.
CNN telekanalining xabar berişiça, mamlakat ğarbida joylaşgan Ingende şahridagi bir ayolda gemorragik isitma belgilari qayd qilingan. Ayoldan tahlil olinib, Kinşasadagi biotibbiy tadqiqotlar milliy institutiga jönatilganda, unda Ebola virusi yoki tibbiyotga ma'lum bölgan birorta kasallik belgilari aniqlanmagan.
Olimning fikriça, ayol avval qayd qilinmagan yangi kasallikka çalingan ilk bemor bölişi mumkin. Mutaxassis bu kasallikni şartli ravişda “X kasallik” deb atagan. Uning baholaşiça, yangi kasallik koronavirus kabi yuqumli bölişi, undan ölim darajasi esa Ebola virusidagidan 50-90 foizni taşkil qilişi mumkin. Ebola virusidan örtaça 50 foiz kasallar vafot etgan.
Hozirda bemor ayol izolyatsiya qilingan, unga yaqinlari bilan faqat plastik oyna orqali muloqot qilişga ruxsat berilgan. Ayolning şaxsi uning yaqinlariga mahalliy aholi tomonidan zarar yetkazilişi mumkinligi sababli sir saqlanmoqda.
“X kasallik” taxmin bölib qolayotgan bölsa-da, JSSTda yangi epidemiya yuz berişi mumkinligidan jiddiy xavotirga tuşişgan.
Muyembe-Tamfum avvalroq ham kelajakda insoniyat hayvonlardan insonlarga ötuvçi yangi yuqumli kasalliklarga duç kelişi mumkinligidan ogohlantirgan. Olimning ta'kidlaşiça, uşbu kasalliklar koronavirusdan xavfliroq pandemiyalarga olib kelişi mumkin.












