Britaniya boş vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus tarqalişi kuçayayotgani sababli yangi milliy lokdaun kiritilişini e'lon qildi. U bu haqda millatga murojaatida ma'lum qilgan.
“Virusning yangi varianti qörqinçli sur'atlar bilan tarqalmoqda. Şunisi ayonki, uni töxtatiş uçun uçinçi milliy lokdaun lozim”, deb aytgan Jonson. Uning aytişiça, bu çoralar koronavirusni nazorat ostiga olişga va mamlakatda katta kölamli emlaşni ötkazişga yordam beradi.
Jonsonning ta'kidlaşiça, koronavirusning yangi ştammi tez tarqalişi hukumatni xavotirlantirmoqda. U olimlar yangi ştamm avvalgilariga nisbatan 50-70 foiz yuqumliroq ekanini isbotlaşganini qöşimça qilgan. Şu sababli mamlakatdagi şifoxonalar har qaçongidan köra katta zöriqiş his qilmoqda va yangi çoralar qabul qilinmasa, soğliqni saqlaş tizimi resurslari 3 haftadan keyin poyoniga yetişi mumkin.
Yangi çeklovlar 5 yanvardan kuçga kiradi. Britaniyadagi barça maktablar masofadan öqitiş tizimiga ötadi.
Asosiy çeklovlar esa 6 yanvardan joriy qilinadi. Jumladan, butun mamlakat böylab majburiy özini yakkalaş joriy qilinadi: fuqarolarga faqat işga boriş, oziq-ovqat va birinçi ehtiyoj buyumlarini xarid qiliş, tibbiy yordam oliş yoki sport bilan şuğullaniş uçun uylarini tark etişga ruxsat beriladi. Surunkali oğir kasalliklarga ega odamlarga uylarini umuman tark etmaslik tavsiya qilingan.
Jonson yaqin 3 oyda ön millionlab britaniyaliklar emlanişiga umid qilayotganini qöşimça qilgan.
4 yanvarda britaniyalik tibbiy xodimlar hukumatga murojaatlarida mamlakatda epidemiologik xavflilik darajasini maksimal – beşinçi darajaga oşirişga çaqirişgan. Ularning ta'kidlaşiça, aks holda soğliqni saqlaş tizimi tobora köpayayotgan bemorlar oqimini eplay olmay qoladi.












