Buning uçun namuna maxsus aralaşma bilan aralaştirilib, söngra yuqumli infeksiyalarni aniqlaş uçun çipga joylaştiriladi. Agar biosensor infeksiya borligini aniqlasa, qurilmaning optik tizimi yoruğlaniş rangini özgartiradi. Koronavirusni tekşiriş jarayoni 10 soniyadan oşmaydi.
Olimlarning ta'kidlaşiça, asbob samaradorligi 99 foizga yetadi. Unda qöllanuvçi texnologiya turk mutaxassislari tomonidan 7 oy içida işlab çiqilgan va nafaqat koronavirus, balki boşqa patogenlarni ham aniqlay oladi. Ayni vaqtda qurilmani patentlaş rejalaştirilmoqda.













