Markaziy Osiyoning qoq örtasida joylaşgan, eng yirik inson salohiyati hamda barça mintaqa mamlakatlari bilan umumiy çegaraga ega yagona davlat – Özbekiston. 2016 yil oxirigaça davlat çegaralari minalaştirilgan, cuv va gaz zaxiralaridan oqilona foydalaniş böyiça dahanaki tortişuvlar, özaro çetlab ötiş va taşqi siyosiy-iqtisodiy manfaatlarga qaram bölmaslikka yönaltirilgan muxtor naqliyot hamda temir yöllarining barpo etilişi natijasida mintaqada işonçsizlik kayfiyati keskinlaşib ketgandi. Hatto qarindoşlar darajasidagi bordi-keldi taşriflari ham nihoyatda çeklangan edi.

Siyosiy muzlar ança erib, 2017 yil 17 sentyabrida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida sözga çiqqan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratişga erişilgani» va «bu tendensiyaning mustahkamlanişi Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari muntazam uçraşuvlar ötkazişi uçun imkoniyat yaratişi» haqidagi dasturiy nutqini sözladi.

Undan avval, 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017–2021 yillar uçun Harakatlar strategiyasining «çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlar» deya tavsiflangan 5.2-bandida: «Özbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qöşniçilik muhitini şakllantiriş» tamoyili belgilab qöyilgan. Fikrimizça, «yon-atrof» atamasi ortida Afğoniston ham nazarda tutilgan.

Şunday qilib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinçi maslahatlaşuv uçraşuvi 2018 yil 15 mart kuni Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida bölib ötdi. Uşbu uçraşuvda navbatdagi uçraşuvlar Navröz bayrami arafasida, çunonçi ikkinçi uçraşuvni Toşkentda