Meksika WikiLeaks asosçisi Julian Assanjga siyosiy boşpana berişga tayyor. Mamlakat prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador ana şunday bayonot bilan çiqdi.

«Men taşqi işlar vaziridan Birlaşgan qirollik janob Julian Assanjni ozodlikka çiqarişi va qöyib yuborişi, Meksika esa unga siyosiy boşpana berişi uçun zarur amaliyotlarni boşlaşini söramoqçiman», — dedi Obrador.

Obrador şuningdek, London sudining Assanjni AQŞga ekstraditsiya qilmaslik töğrisidagi qarorini ma'qullaşini aytdi.

Avvalroq London sudi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bölişi mumkinligi bois uning AQŞga ekstraditsiya qilinmasligi töğrisida hukm çiqargandi.

 Vestminster magistrat sudi sudyasi Vanessa Baraytserning sözlariga köra, AQŞda bir kişilik kamerada hibsda saqlaniş oqibatida Assanjning soğligi jiddiy yomonlaşişi mumkin.

 Amerika adliya vazirligi Julian Assanjga qarşi 18ta ayblov e'lon qilgan. U mazkur ayblovlar asosida 175 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.