Germaniya hukumati 2020 yil 16 dekabrda kiritilgan karantinni yanvar oxirigaça uzaytirişga qaror qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel federal yerlar rahbarlari bilan ötkazilgan yiğiliş natijalari böyiça ma'lum qildi.  

Merkel Germaniyaning koronavirus bilan boğliq vaziyat oğir hududlarida fuqarolarga öz uylaridan zaruratsiz 15 km uzoqlaşiş taqiqlanişini tasdiqlagan. Uşbu çeklovlar hafta davomida 100 ming aholiga 200ta kasallaniş holati töğri keladigan okruglarda kuçga kiradi.

Germaniyada koronavirus tarqalişining yangi tölqini sababli noyabr boşida dastlab kafe va restoranlar yopilgandi, biroq bu yetarli bölmagan. Dekabr örtalarida çeklovlarni qat'iylaştirişga va deyarli barça savdo nuqtalarini yopişga töğri kelgan. Mamlakatda öşandan beri teatrlar, muzeylar, sartaroşxonalar, gözallik salonlari işlamayapti, öquvçilar masofadan öqitişga ötkazilgan. Uşbu çoralar 10 yanvargaça amal qilişi kutilgandi.